Bojxona kodeksi 15-modda. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar

Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar: bojxona brokeri — bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirigʻiga binoan va uning nomidan shartnoma asosida amalga oshiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi; bojxona ishi — iqtisodiy, tartibga solish va huquqni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga qaratilgan, bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlaydigan usullar va vositalar majmui; bojxona hamrohligida kuzatib borish — avtotransport vositalarining bojxona organlari tomonidan bojxona nazorati ostida kuzatib borilishi; bojxona operatsiyasi — tovarlarning va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona organlarining mansabdor shaxsi va (yoki) vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat; bojxona rejimi — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning va transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui; bojxona tartib-taomili — bojxona maqsadlari uchun amalga oshiriladigan bojxona operatsiyalarining majmui; deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs; deklaratsiyalash — bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan va (yoki) bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni bojxona organlariga maʼlum qilish; iqtisodiy siyosat choralari — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirishga va ushbu hududdan olib chiqishga doir cheklovlar boʻlib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek mamlakat iqtisodiyotining jahon xoʻjaligi bilan oʻzaro hamkorligini tartibga solishning boshqa chora-tadbirlarini oʻz ichiga oladi; tashuvchi — bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun mas