Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan birga olib chiqiladigan va ular bilan qaytarib olib kirish uchun moʻljallangan, yuklarni ortish, tushirish, ularga ishlov berish va ularni himoyalash uskunalari, transport vositalaridan alohida foydalanish mumkinligi yoki mumkin emasligidan qatʼi nazar, vaqtincha olib chiqilgan taqdirda ular bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etilishi lozim. Tijorat maqsadlarida foydalanishga vaqtincha olib chiqilgan transport vositasiga oʻrnatilgan qismlarni va uskunalarni almashtirish maqsadida taʼmirlash yoki texnik xizmat koʻrsatilayotganda foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar va ehtiyot qismlar vaqtincha olib chiqilgan taqdirda bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etilishi lozim. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining almashtirilgan uskunalari va ehtiyot qismlari bojxona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojxona hududiga qaytarib olib kiriladi.