Bojxona kodeksi 176-modda. Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo doʻkonining va erkin omborning faoliyatini litsenziyalash

Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo doʻkonining va erkin omborning faoliyatini litsenziyalash qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Agar bojxona ombori bojxona organlari tomonidan taʼsis etilayotgan boʻlsa, litsenziya olish talab qilinmaydi. Bojxona ombori va erkin ombor egalarining tovarlarni va transport vositalarini omborlarga joylashtirayotgan shaxslar bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona omborlarining, boj olinmaydigan savdo doʻkonlarining va erkin omborlarning reyestrlarini yuritadi, shuningdek mazkur reyestrlardagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.