Bojxona kodeksi 181-modda. Vakolatli shaxsning yoki tashuvchining bojxona nazorati zonalari chegaralarini kesib oʻtishdagi va mazkur zonalar doiralarida harakatlanishdagi majburiyatlari

Bojxona nazorati zonasi chegarasini kesib oʻtayotganda va uning doiralarida harakatlanayotganda vakolatli shaxs yoki tashuvchi: bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarda toʻxtashi va harakatni davom ettirishi; tovarlarni va transport vositalarini faqat belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha olib oʻtishi; bojxona organi mansabdor shaxslarining talablariga koʻra tovarlarni va transport vositalarini, shuningdek bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi shart. Bojxona nazorati zonasi chegarasini kesib oʻtayotganda va uning doirasida harakatlanayotganda vakolatli shaxsning yoki tashuvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.