Bojxona kodeksi 2-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik

Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda muayyan bojxona munosabatlari ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.