Bojxona kodeksi 217-modda. Ekspertlar komissiyasi tomonidan bojxona ekspertizasini oʻtkazish

Bojxona ekspertizasi bitta (komissiyaviy bojxona ekspertizasi) yoki turli ekspert mutaxassisliklarining (kompleks bojxona ekspertizasi) bir nechta eksperti tomonidan oʻtkazilishi mumkin. Bojxona ekspertizasini ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazish bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan belgilanadi. Bojxona ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal qilish zaruratidan kelib chiqqan holda boʻlajak tekshiruvlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi. Bojxona ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert tekshiruvlarni mustaqil ravishda va alohida oʻtkazadi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda ilm-fan, texnika, sanʼat yoki hunarmandchilik sohasidagi oʻz maxsus bilimlari doirasida qoʻyilgan masalalar yuzasidan xulosalarni shakllantiradi. Ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan tekshiruvlarning toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Komissiyaviy bojxona ekspertizasini oʻtkazishda ekspertlarning har biri toʻliq hajmda tekshiruvlar oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil etadi. Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari boʻyicha ekspertlar birgalikdagi xulosani tuzadi va imzolaydi. Ekspertlar orasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ularning har biri kelishmovchiliklarga sabab boʻlgan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. Bojxona ishi uchun ahamiyatga molik vaziyatlarni bilimlarning turli sohalarini qoʻllagan holda bir nechta tekshiruv oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda kompleks bojxona ekspertizasi tayinlanadi. Kompleks bojxona ekspertizasini oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolatlari doirasida tekshiruvlar oʻtkazadi. Kompleks bojxona ekspertizasining xulosasida har bir ekspert qanday tekshiruvlarni qanday hajmda oʻtkazganligi, shaxsan u qanday faktlarni aniqlaganligi hamda qanday xu