Bojxona kodeksi 243-modda. Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoringni amalga oshirish

Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari oʻrtasida tuzilgan, tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan va qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida yoki chet el valyutasida oʻzaro hisob-kitoblar qilishni nazarda tutuvchi kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) bajarilishini kuzatib borish va tahlil qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) bajarilishini monitoring qilish jarayonida Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida mavjud boʻlgan axborot bojxona yuk deklaratsiyasi bilan solishtiriladi, tovarlarning amaldagi miqdori va sifati boʻyicha tavsiflarining hamda assortimentining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi nazorat qilinadi, shuningdek kontraktlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi tekshiriladi hamda mazkur kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) yuzasidan muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlar bor-yoʻqligi aniqlanadi.