Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlari joylashgan yerda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi. Bojxona rasmiylashtiruvi deklarantning yoki boshqa vakolatli shaxsning soʻroviga koʻra va uning hisobidan boshqa joylarda hamda bojxona organining ishdan tashqari vaqtida amalga oshirilishi mumkin. Bojxona rasmiylashtiruvining bojxona organlari joylashgan yerlarda emas, balki bevosita oʻz hududlarida yoki binolarida amalga oshirilishidan manfaatdor boʻlgan shaxslar bu organlarga xizmat va maishiy binolarni, uskunalarni hamda aloqa vositalarini tekin asosda foydalanish huquqini taqdim etadi.