Tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi vakolatli shaxslarning tovarlarni bojxona rejimlaridan biriga joylashtirish va mazkur bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etish majburiyatini keltirib chiqaradi. Vakolatli shaxs tovarlarning va transport vositalarining xususiyati, miqdori, ishlab chiqarilgan mamlakati yoki qaysi maqsadga moʻljallanganligidan qatʼi nazar, istalgan bojxona rejimini tanlashga yoki uni boshqa bojxona rejimiga oʻzgartirishga haqli. Tanlangan bojxona rejimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojxona organiga taqdim etiladigan bojxona deklaratsiyasida deklarant tomonidan maʼlum qilinadi.