Bojxona kodeksi 260-modda. Deklaratsiyalash usullari

Tovarlarni deklaratsiyalash: a) ogʻzaki shaklda: jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normalaridan oshmaydigan tovarlari deklaratsiyalanayotganda; qonunchilikda belgilangan normadan oshmaydigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlgan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi; b) yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasidan foydalanilgan holda: jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan oshadigan tovarlarining; jismoniy shaxsning yashash joyi oʻzgarganda (avvalgi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida qayd mavjud boʻlgan holda) uning shaxsiy mol-mulki boʻlgan tovarlarning, bundan avtotransport vositalari mustasno; jismoniy shaxs bojxona hududiga kirguniga yoki bu hududdan chiqquniga qadar yoki keyin olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan, alohida kuzatib boriladigan bagajda bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan notijorat maqsadlardagi tovarlarning; ushbu Kodeksning 158 va 160-moddalarida koʻrsatilgan hollarda, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalarining; qonunchilikda belgilangan normadan oshadigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlmagan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi; qonunchilikka muvofiq tegishli taqiqlar va (yoki) cheklovlar belgilangan tovarlarning; v) bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalanilgan holda: yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun tovarlarning, bundan ushbu moddaning “g” bandida nazarda tutilgan hollar mustasno; jismoniy shaxslarning tijorat maqsadlaridagi tovarlarining; jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalarining, bundan ushbu Kodeksning 158 va 160-moddalarida koʻrsatilgan hollar mustasno; g) tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanilgan holda: yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirko