Bojxona kodeksi 277-modda. Bojxona brokerining faoliyati

Bojxona brokerining faoliyati bojxona operatsiyalarini deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirigʻiga koʻra va uning nomidan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirishdan iborat. Bojxona brokerining deklarant yoki vakolatli shaxs bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi. Bojxona brokerining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi bojxona brokeri va deklarant oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan cheklanishi mumkin emas.