Bojxona brokeri quyidagi huquqlarga ega: deklarantdan yoki vakolatli shaxsdan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarni va maʼlumotlarni, shu jumladan tijorat, bank siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oʻz ichiga olgan hujjatlarni va maʼlumotlarni talab qilish va olish; bojxona yuk deklaratsiyasini hamda tovarlarni deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish; tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda deklaratsiyalash maqsadida bojxona organlarining axborot resurslaridan foydalanish; tovarning bojxona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 275-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq deklarantga berilgan huquqlardan foydalanish; bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni vakolatli shaxs sifatida bajarish; bojxona organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish. Bojxona brokeri qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.