Bojxona kodeksi 284-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisga qoʻyiladigan talablar

Bojxona brokeri yoxud boshqa yuridik shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzgan va ushbu yuridik shaxs nomidan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha ish bajaradigan Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxsi bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisdir.