Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashdan quyidagilar ozod etiladi: 1) bojxona chegarasi orqali begʻaraz, insonparvarlik yordami yoki xayriya maqsadlari, shu jumladan texnik koʻmak uchun olib oʻtilayotgan tovarlar; 2) notijorat maqsadlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilikda belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida olib oʻtiladigan tovarlar; 4) bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar rasmiy foydalanishi uchun bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar, shuningdek bojxona hududidan olib chiqiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun moʻljallangan tovarlar; 5) davlat muzeylarining, axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarining fondlarida va Oʻzbekiston Respublikasining madaniy boyliklari saqlanadigan davlatga qarashli boshqa joylarda doimiy saqlanadigan, bojxona hududidan vaqtincha olib chiqiladigan va ushbu hududga qaytarib olib kiriladigan madaniy boyliklar; 6) koʻrgazmada namoyish etish uchun davlat muzeylari, axborot-kutubxona muassasalari, arxivlari va davlatga qarashli Oʻzbekiston Respublikasining madaniy boyliklari saqlanadigan boshqa joylar tomonidan bojxona hududiga vaqtincha olib kiriladigan hamda koʻrgazmalar va shunga oʻxshash boshqa tadbirlar oʻtkazilganidan keyin qaytarib olib chiqiladigan madaniy boyliklar; 7) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining harbiy yuklari, shuningdek boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan oʻzga idoralarning harbiy yuklari; 8) yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan, qiymati bazaviy