Bojxona kodeksi 319-modda. Tovarning bojxona qiymatini nazorat qilish

Bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tanlangan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulining va maʼlum qilingan bojxona qiymati hisoblab chiqarilishining toʻgʻriligini quyidagilar asosida aniqlaydi: deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan bojxona qiymati deklaratsiyasi, hujjatlar va maʼlumotlar; tovarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalaniladigan, oʻz ixtiyorida mavjud boʻlgan axborot. Tovarning bojxona qiymatini nazorat qilishda bojxona organi quyidagilarning toʻgʻriligini ketma-ketlikda tekshiradi: tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati tuzilishi va miqdorining; tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymatini aniqlash usulini tanlash va qoʻllashning; tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanganligining. Bojxona organi tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun tanlangan usulga quyidagi hollarda rozi boʻlmaslikka va deklarantga yoki bojxona brokeriga bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usulidan foydalanib, bojxona qiymatini aniqlashni taklif etishga haqli: deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan tovarning bojxona qiymati toʻgʻri aniqlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va maʼlumotlar mavjud boʻlmasa; tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bojxona organi tomonidan soʻralgan zarur qoʻshimcha hujjatlar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilmagan boʻlsa; deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar notoʻgʻri ekanligining belgilari aniqlansa. Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi va deklarant yoki bojxona brokeri oʻrtasida tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulini tanlash xususida maslahatlashuvlar oʻtkazilishi mumkin. Agar deklarant yoki bojxona brokeri tovarning bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatiga rozi boʻlmasa, deklarant yoki bojxona brokeri oʻzi maʼlum qilgan bojxona qiymati qaysi sabablarga koʻra qabul qilinmaganligini tushuntirib berishni bojxona organ