Qoʻllaniladigan stavka turlariga bogʻliq holda bojxona bojini, aksiz soligʻini va tegishli bojxona yigʻimlarini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati va (yoki) uning miqdori asos boʻladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona boji summasi, aksiz toʻlanadigan tovar boʻyicha esa, toʻlanishi lozim boʻlgan aksiz soligʻi summasining yigʻindisi asos boʻladi.