Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan summadan oshadigan miqdorda bojxona toʻlovlari sifatida toʻlangan yoki undirilgan pul mablagʻlarining summalari ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalari hisoblanadi. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalari shunday toʻlovlar toʻlangan yoxud undirilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida qaytarilishi yoki dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkazilishi lozim, bundan ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hollar mustasno. Eng koʻp qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi qoʻllanilgan (tiklangan) taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalari ushbu toʻlovlar toʻlangan yoki undirilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida, bojxona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etish sharti bilan qaytarilishi yoxud dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkazilishi kerak. Qaytarilishi reeksport va reimport bojxona rejimlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak boʻlgan ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summasini qaytarish ushbu Kodeksning 35 va 59-moddalarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi lozim. Tovarlarni bojxona toʻlovlari toʻlanishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish sanasi ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalarining toʻlanish yoki undirilish paytidir. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish toʻgʻrisida ariza berilganda; bojxona toʻlovlari summalarining ortiqcha toʻlanganligi yoki undirilganligi fakti aniqlanganda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summasi bojxona organlari tomonidan quyidagi hollarda qaytarilmaydi, agar: uni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza ushbu moddaning ikkinchi — t