Bojxona kodeksi 368-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 1) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining andaza nusxasini hamda unga doir sharhlarni ishlab chiqish va saqlab turish; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasiga doir sharhlarning va uni talqin etish boʻyicha tasnifiy yechimlarning nashr etilishini taʼminlash; 3) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining xalqaro asosiga doir oʻzgartish va qoʻshimchalarni, mazkur asosni talqin etishga doir xalqaro tushuntirishlarni hamda qarorlarni kuzatib borish; 4) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga oʻzgartish va qoʻshimchalarni ishlab chiqish, kiritish, shu jumladan bu oʻzgartish va qoʻshimchalarni mazkur nomenklaturaning xalqaro asosiga muvofiq ishlab chiqish, kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash; 5) tovarlarning kodlarini kichik subpozitsiyalar darajasida aniqlashtirish; 6) ayrim tovarlarni tasniflash boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va eʼlon qilish. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.