Tashqi savdo bojxona statistikasi Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo tovar aylanmasi boʻyicha uning miqdori va qiymati ifodalangan, tizimlashtirilgan maʼlumotlar yigʻindisidan iboratdir. Tashqi savdo bojxona statistikasining asosiy vazifalari davlat organlarini Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo tovar aylanmasining holati toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga bojxona toʻlovlarining tushishini nazorat qilish, valyuta nazoratini va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalar amalga oshirilishini taʼminlashdan iborat.