Bojxona kodeksi 377-modda. Maxsus bojxona statistikasi

Maxsus bojxona statistikasi bojxona organlari faoliyatining turli yoʻnalishlari boʻyicha tizimlashtirilgan, tashqi savdo bojxona statistikasini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan maʼlumotlar yigʻindisidan iboratdir. Maxsus bojxona statistikasi bojxona organlarining faoliyatini oʻrganish, boshqaruvini tashkil etish va ushbu faoliyatni takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash uchun yuritiladi.