Bojxona kodeksi 400-modda. Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari uchun bojxona imtiyozlari

Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari oʻz shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni oʻzaro kelishuv asosida bojxona koʻrigidan oʻtkazishdan va bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod etilgan holda bojxona hududiga olib kirishi va ushbu hududdan olib chiqishi mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno.