Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan, erkin realizatsiya qilish taqiqlangan yoki muomalasiga qonunchilikka muvofiq litsenziya yoki ruxsatnoma asosida yoʻl qoʻyiladigan giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar nazorat ostida yetkazib berilayotganda bu tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda toʻliq yoki qisman olib qoʻyilishi yoki almashtirilishi mumkin. Odamlarning sogʻligʻi, atrof muhit uchun katta xavf tugʻdiradigan yoxud ommaviy qirgʻin quroli tayyorlash uchun asos boʻlib xizmat qiladigan ashyolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda almashtirilishi kerak.