Bojxona organlarining qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga berilgan shikoyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va hal etiladi. Ariza sudga berilgan taqdirda, bojxona organi qarorining shikoyat qilinayotgan qismini ijro etish ariza sud tomonidan ish yurituvga qabul qilingan kundan eʼtiboran va sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar toʻxtatib turiladi.