Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi: vaqtincha olib kirilgan tovar xatlangan yoki olib qoʻyilgan davrda; vaqtincha olib kirilgan tovar vaqtincha saqlash va bojxona ombori bojxona rejimlariga joylashtirilganda toʻxtatib turiladi. Toʻxtatib turish muddati tugagach, vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi tiklanadi.