Bojxona kodeksi 78-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi

Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishiga qayta ishlash mahsulotiga almashtiriluvchi tovar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq taʼmirlash uchun moʻljallangan tovar bilan aynan bir xil yoxud unga oʻxshash boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotini almashtirish uchun kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) tegishli qoidalari va (yoki) tovarlarni taʼmirlayotgan shaxsning kafillik majburiyatlari asos boʻladi.