Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: bola (bolalar) — oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga (voyaga yetgunga) qadar boʻlgan shaxs (shaxslar); bolaning eng ustun manfaatlari — bolaning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, qonunlarida, xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan, uning oila gʻamxoʻrligida oʻsib-ulgʻayishga, farovon yashashga, xavfsizlikka, sogʻligʻini saqlashga, bilim olishga, toʻlaqonli va har tomonlama kamol topishga, shaxsiy daxlsizlikka, shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishiga, fikrlash, soʻz, vijdon va eʼtiqod erkinligiga boʻlgan huquqlaridan, shuningdek ijtimoiy, axloqiy manfaatlaridan hamda oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, bola ishtirokida va uning fikri inobatga olingan holda belgilanadigan hamda himoya qilinadigan manfaatlari; bolaning qonuniy vakillari — ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar, shuningdek “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari; vasiylik va homiylik — ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ularga taʼminot, tarbiya hamda taʼlim berish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli. Vasiylik oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan, homiylik esa oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalarga nisbatan belgilanadi; yetim bola — otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb eʼlon qilingan bola; jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bola — nogironlikni belgilash uchun yetarli boʻlmagan jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) va (yoki) ruhiy nuqsonlari boʻlgan bola; ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar — yuzaga kelgan holatlar sababli ogʻir turmush sharoitida qolgan, davlat va jamiyat tomonidan alohida himoya qilishga hamda qoʻllab-quvvatlashga muhtoj bolalar, shu jumladan: nogironligi boʻlgan bolalar; jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan bolalar; yetim bolalar; ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar; ixtisoslashtirilgan bolalar muassasa