Budjet kodeksi 108-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish

Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasi davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarini oluvchilar tomonidan ularning bir yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida oyma-oy boʻlingan holda tuziladi va tasdiqlanadi. Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasining va unga doir ilovalarning shakllari, shuningdek smetani tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalarini kelgusi yil uchun tasdiqlash joriy yilning 20-dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamgʻarmalarining mablagʻlari boʻyicha kelgusi yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalarini roʻyxatdan oʻtkazish davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan joriy yilning 25-dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi.