Joriy moliya yili uchun moʻljallangan Davlat budjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori ortgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Davlat budjeti xarajatlarini qisqartirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi. Davlat budjeti xarajatlarini qisqartirishda xarajatlarning ustuvorligi va ijtimoiy yoʻnaltirilganligi budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning qabul qilingan yuridik hamda moliyaviy majburiyatlari hisobga olingan holda baholanadi. Joriy moliya yili uchun moʻljallangan Davlat budjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori ortgan taqdirda, sudlar faoliyatini moliyalashtirish xarajatlarini qisqartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari oʻz budjetlarining balansliligi buzilishiga va Davlat budjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori oshishiga olib keladigan tegishli budjet daromadlarini qisqartirishga yoki xarajatlarini koʻpaytirishga qaratilgan biror-bir qaror qabul qilishga haqli emas. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlarining tegishli budjet daromadlari qisqarishiga olib keladigan qarorlari tegishli budjet xarajatlari qisqartirilgan taqdirdagina qabul qilinishi mumkin. Agar Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli budjetlarning daromadlari va xarajatlari parametrlarini koʻpaytirish yoki kamaytirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinsa, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moli