Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, ushbu moddada belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda davlat ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlaridan ijro yigʻimi undirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Budjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari boʻyicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish: birinchi navbatda budjet tashkilotining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan (bundan “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi” mustasno); toʻlanishi lozim boʻlgan qarz budjet tashkilotining xarajatlar smetasi boʻyicha xarajatlar moddasiga muvofiq boʻlganda — budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmi doirasida amalga oshiriladi.