Budjet kodeksi 140-modda. Budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert

Budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert (budjet ssudasi) budjet manbalarining toʻliq safarbar qilinishi tegishli budjetlarda nazarda tutilgan xarajatlar qoplanishini taʼminlamagan taqdirda, qaytarish sharti bilan foizsiz yoki foiz toʻlash sharti bilan beriladi. Budjet ssudasi: bir moliya yilida prognoz qilingan daromadlar va rejalashtirilgan xarajatlar oʻrtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun — toʻqqiz oygacha boʻlgan muddatga foizsiz asosda; daromadlar tushumlari va xarajatlarni amalga oshirish oʻrtasida kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun — tegishli moliya yili yakunigacha boʻlgan muddatga foizsiz asosda hamda bir moliya yilidan ortiq muddatga yillik ikki foizli miqdorda beriladi. Rejali budjet ssudasi daromadlarning prognoz qilingan tushumlari, nazarda tutilgan budjetlararo transfertlar, aylanma kassa mablagʻlaridan va yil boshidagi erkin qoldiqlardan vaqtinchalik mablagʻ jalb qilish, tegishli tasdiqlangan budjetlarda nazarda tutilgan ayrim choraklardagi xarajatlarning qoplanishini taʼminlamagan hollarda beriladi. Budjet ssudasi: Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti mablagʻlari hisobidan — tumanlar va shaharlar budjetlariga ularning daromadlari hamda xarajatlari oʻrtasidagi rejali yoki kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun beriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga, Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga, davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga daromadlar toʻliq tushmagan yoki ularning moliya yili uchun tegishli budjetlarda nazarda tutilgan xarajatlarni muddatidan oldi