Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari yuqori turuvchi budjetdan ajratiladigan budjetlararo transfertlarni hisobga olgan holda balanslashtirilgan boʻlishi lozim. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari taqchilligiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini qabul qilish va ijro etishda: mablagʻlar jalb qilishni amalga oshirishga, yuqori turuvchi budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno; tasdiqlangan budjetdan ajratilgan mablagʻlardan ortiq xarajatlarni amalga oshirishga, ushbu Kodeksning 143-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; tegishli budjetlar mablagʻlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining mol-mulki hisobidan boshqa yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish manbasi aniq boʻlmasdan boshlangan tadbirlarni moliyalashtirishga va (yoki) parallel loyihalashtirish, tender savdolarini oʻtkazmasdan amalga oshirilgan qurish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirishga; yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari va kredit liniyalari berishga yoʻl qoʻyilmaydi.