Budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning choraklik moliyaviy hisobotlari hisobot yilining 1-aprel, 1-iyul va 1-oktabr holatiga, yillik moliyaviy hisobotlar esa, kelgusi hisobot yilining 1-yanvar holatiga koʻra tuziladi. Budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari mazkur tashkilotlarning rahbari yoki u vakolat bergan shaxs hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlar: budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga; Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga; tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar boʻyicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya boʻlimlariga taqdim etiladi. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan oʻz tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari asosida choraklik va yillik jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi. Tasarrufdagi tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan oʻzi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga jamlanma moliyaviy hisobotlarni taqdim etadigan muddatlar hisobga olingan holda belgilanadi. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning jamlanma moliyaviy hisobotlari budjet mablagʻlarini taqsimlovchining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi. Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan budjet mablagʻlari oluvchilar davlat maqs