Ochiqlik prinsipi: Davlat budjetini va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarini koʻrib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini, shuningdek budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirok etishi mumkinligini; tasdiqlangan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari toʻgʻrisidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishini (chop etilishini); Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi choraklik hisobotlarning ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishini hamda yangilab borilishini anglatadi.