Gʻaznachilik boʻlinmalari davlat moliyaviy nazoratini: budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar) bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari mablagʻlari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan nazorat qilish asosida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish; xarajatlar smetalarida va roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirigʻi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga toʻlovlarni bevosita amalga oshirish orqali toʻlov intizomiga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan amalga oshiradi.