Budjet kodeksi 189-modda. Budjet hisobini va moliyaviy hisobotni yuritish tartibini buzish

Boshlangʻich hisob hujjatlarining mavjud emasligi, budjet hisobi va moliyaviy hisobot maʼlumotlarining boshlangʻich hisob hujjatlarining maʼlumotlariga nomuvofiqligi, budjet hisobi va moliyaviy hisobotlarda operatsiyalar va mol-mulkning toʻliq aks ettirilmaganligi budjet hisobini va moliyaviy hisobotni yuritish tartibini buzishdir.