Budjet kodeksi 26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining budjet sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi: Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi va oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalari boʻyicha tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga xulosa taqdim etadi; vazirliklarning, idoralarning hamda banklarning budjet tizimi budjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlangʻich maʼlumotlar boʻyicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining bank hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning qonuniy shakllantirilganligi, maqsadli hamda samarali sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, shuningdek belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar mablagʻlarining shakllantirilishi hamda ulardan foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari daromad qismining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi; budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Oʻzbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot hamda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun belgilangan budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarning bajarilishi boʻyicha tashqi auditni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi; Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalarining ijrosi toʻgʻrisida taqdim etilgan choraklik hisobotni Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimidan hamda boshqa elektron manbalardan olinga