Budjet kodeksi 27-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining budjet sohasidagi vakolatlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari: Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini, tumanlar va shaharlar budjetlarini va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq koʻrib chiqadi va qabul qiladi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlarining ijrosi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi har choraklik va yillik hisobotlarni tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi; Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining prognozlarini maʼlumot uchun qabul qiladi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga, tumanlar va shaharlar budjetlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi; tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi; mahalliy budjetlarga biriktirilgan soliqlar hamda yigʻimlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlar doirasida belgilaydi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va