Davlat budjeti loyihasini tuzish uchun masʼul organlar quyidagilardir: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi; vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, budjetlar loyihalarini tuzish, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan soʻralgan axborot va maʼlumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi boʻyicha. Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalarini tuzish uchun masʼul organlardir.