Budjet kodeksi 86-modda. Oʻtgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi tahliliy hisobot

Oʻtgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi tahliliy hisobot budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan tuziladi hamda budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va budjet mablagʻlarini taqsimlovchining faoliyatini baholash, bundan buyon uni budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida takliflar tayyorlash uchun foydalaniladi. Oʻtgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi tahliliy hisobot budjet tashkiloti, budjet mablagʻlari oluvchi va budjet mablagʻlarini taqsimlovchining har bir faoliyat turi boʻyicha oʻtgan yilda erishilgan va joriy yilda kutilayotgan natijalarining asosiy miqdor va sifat koʻrsatkichlari haqidagi axborotni oʻz ichiga oladi. Oʻtgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar toʻgʻrisidagi tahliliy hisobot qisqa va aniq shaklda bayon etilishi hamda u mazkur faoliyat sohasida kasbiy bilimlarga ega boʻlmagan shaxslarning uni tushunishini qiyinlashtiradigan maxsus atamalarni oʻz ichiga olmasligi kerak.