Davlat fuqarolik xizmatchisiga quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin: lavozim maoshiga qoʻshimcha ustamalar; pul mukofoti; navbatdan tashqari malaka darajasini berish; minnatdorchilik eʼlon qilish; qimmatbaho sovgʻa, esdalik yoki koʻkrak nishoni yoxud yorliq bilan mukofotlash. Davlat fuqarolik xizmatchisi alohida xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.