Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida 5-modda. Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari

Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi; qonuniylik; adolatlilik; xalqqa xizmat qilish; davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat hamda fuqarolar oldida masʼulligi; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; xolislik, professionallik va kompetentlik; davlat fuqarolik xizmatiga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarning teng huquqliligi; davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi.