Davlat buyurtmachisining yoki davlat xaridlari elektron tizimi operatorining xodimi oʻzining davlat xaridlari ijrochilari yoki har qanday boshqa shaxs bilan munosabatlarida, agar bunday axborotni oshkor etmaslik davlat xavfsizligi manfaatlarini himoya qilish uchun zarur boʻlsa yoki agar bunday axborotning oshkor etilishi qonunchilikka zid boʻlsa, ularga rioya etilishini taʼminlashga monelik qilsa, davlat xaridlari subyektlarining qonuniy manfaatlariga zarar yetkazsa yoxud insofli raqobatga toʻsqinlik qilsa, agar davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bunday axborotni oshkor etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, hech bir axborotni oshkor etishga haqli emas. Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bunday axborotni oshkor etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, ushbu qarorning shartlariga rioya etiladi. Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etib, uning xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etishi bilan bogʻliq taklifda oʻzi koʻrsatgan barcha maʼlumotlarning eʼlon qilinishiga rozilik bildiradi.