Summasi bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdoridan oshmaydigan (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdoridan oshmaydigan) davlat xaridlari xarid komissiyasining ishtirokisiz oʻtkazilishi mumkin, biroq bir moliya yilida bir korporativ buyurtmachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravari miqdoridan oshmasligi va bir moliya yilida bir budjet buyurtmachisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari miqdoridan oshmasligi kerak. Bunda gʻolib davlat xaridlari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon joylashtirilmagan holda, ochiq axborot manbalaridan olingan narxlarni solishtirish yoʻli bilan yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) kamida uchta potensial yetkazib beruvchilaridan narxlarni soʻrash yoʻli bilan davlat buyurtmachisi tomonidan aniqlanadi.