Auksion davlat xaridlarining elektron tizimida boshlangʻich narxni qadam-baqadam pasaytirish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Auksionni oʻtkazish, kiritilgan taʼminot summasiga muvofiq har bir lot boʻyicha auksiondan foydalanish, auksion gʻoliblarini aniqlash, bitimni roʻyxatdan oʻtkazish va shartnomani shakllantirish davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Auksionni oʻtkazish chogʻida ishtirokchilar auksion boshlangan paytdan eʼtiboran va u tamom boʻladigan paytga qadar butun muddat ichida narx boʻyicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli. Ishtirokchilarning nomi va ular bilan bogʻlanishga doir maʼlumotlar auksion gʻolibi aniqlanadigan paytga qadar davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettirilmaydi. Auksion tugaydigan vaqt kelganda davlat xaridlarining elektron tizimi auksion oʻtkazilgan vaqt davomida berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan taklifni avtomatik ravishda aniqlab oladi. Eng past narx koʻrsatilgan taklifni bergan ishtirokchi auksion gʻolibi sifatida davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan saralab olinadi. Ijrochining nomi davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettirilib, ushbu tizim tuzilgan bitimni avtomatik ravishda qayd etadi va davlat buyurtmachisining buyurtmanomasida bayon etilgan shartlarga muvofiq shartnomani shakllantiradi. Auksion yakunlariga koʻra, shartnoma majburiyatlarini bajarish xarid qilish tartib-taomilining ishtirokchisi tomonidan rad etilgan taqdirda, davlat xaridlarining elektron tizimi gʻolibdan keyingi eng past narxni taklif qilgan ishtirokchini gʻolib deb belgilaydi, bunda mazkur ishtirokchiga gʻolib tomonidan taklif etilgan narx asosida shartnoma tuzish taklif qilinadi. Agar gʻolibdan keyingi eng past narxni taklif qilgan ishtirokchi shartnoma tuzishni rad etsa, davlat buyurtmachisi xaridni ushbu Qonun talablariga muvofiq elektron doʻkon vositasida (ushbu Qonunning 49-moddasida belgilangan mezonlar doirasida) yoki kichik qiymatli xaridning soddalas