Davlat xaridini tanlash orqali amalga oshirish uchun davlat buyurtmachisining xodimlari orasidan kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi. Tanlashni oʻtkazishda xarid komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlishi lozim, har bir majlis va qabul qilingan qaror bayonnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.