Davlat xaridini tender oʻtkazish orqali amalga oshirish uchun kamida yetti nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi. Shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlari tender ishtirokchilarining takliflarini baholash boʻyicha eʼlon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi tomonidan aniqlanadi. Agar majlisda xarid komissiyasi aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, xarid komissiyasi vakolatli hisoblanadi. Barcha qabul qilingan qarorlar bayonnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.