Davlat xaridlari toʻgʻrisida 77-modda. Loyihaga doir faoliyat boʻyicha davlat xaridlarining samaradorligi va natijadorligi tahlili

Loyihaga doir faoliyat boʻyicha amalga oshirilgan davlat xaridlarining samaradorligi va natijadorligi tahlili tegishli vakolatli organ tomonidan oʻtkaziladi. Oʻtkazilgan tahlil natijalari bilan davlat buyurtmachisining rahbari yoki loyihani boshqarish boʻyicha davlat buyurtmachisi tomonidan tayinlangan vakil imzo qoʻygan holda tanishib chiqadi. Davlat xaridlarining samaradorligi va natijadorligi yuzasidan loyihadan keyingi monitoring loyiha boʻyicha davlat xaridi tugallanganidan keyin uch yil ichida tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.