Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin: 1) Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi 613-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 82-modda); 2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 614-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 83-modda); 3) Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 22-mayda qabul qilingan “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-385-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 178-modda); 4) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Soliq maʼmuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-455-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 12, 773-modda) 4-moddasi ; 5) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 158-moddasi .