Elektron tijorat toʻgʻrisida 5-modda. Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari

Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: elektron tijorat sohasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish; elektron tijorat sohasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga investitsiyalarni, zamonaviy texnologiyalarni va asbob-uskunalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish; elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay muhitni yaratish, zarur texnik va logistika infratuzilmasini shakllantirish; elektron tijorat subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash; elektron tijorat sohasida raqobat muhiti uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ularning elektron tijorat sohasidagi faoliyati uchun zarur boʻlgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborot bilan taʼminlash; elektron tijorat sohasidagi ilmiy-texnika tadqiqotlarini ragʻbatlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; elektron tijorat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.