Boshqa davlatlardan koʻchib kelgan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlamagan fuqarolarga pensiyalar Oʻzbekistondagi tegishli kasb hamda malakadagi xodimlarning pensiya tayinlanayotgan vaqtdagi oʻrtacha oylik ish haqiga asoslangan holda hisoblab chiqariladi. Basharti, bunday kasb hamda malakalar respublikada boʻlmasa, oʻrtacha oylik ish haqini aniqlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab beradi.